Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangibozor tumani: Oltinko‘l mahallalarida yoshlar bandligi e’tiborda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI VA NATIJA:
янв.21
QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Zomin tumanida “Salomatlik marafoni”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Zomin tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Alisher Abdugʻaniyev, Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Maxmarasul Umarov, Kengash deputati O‘. Oqqulov, Zomin tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Shuxrat Tilavberdiyev, tibbiyot xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan tuman hokimi Alisher Abdugʻaniyev mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi salomatligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, aholini profilaktik tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlariga keng jalb etish, fuqarolarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va onkologik xastaliklar profilaktikasi bo‘yicha xabardorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 31-oktabrdagi 335-sonli buyrug‘iga muvofiq 2026-yil mart oyida Zomin tumanida “Salomatlik marafoni” ommaviy tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.

Mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman hokimligi hamda Zomin tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan zarur tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, marafonni o‘tkazish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqilib, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar joylashtirildi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida targ‘ibot materiallari tayyorlanib, marafon davomida fuqarolar ommaviy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi hamda zarur hollarda tor soha mutaxassislariga yo‘naltirilishi belgilandi.

Tadbir davomida kirib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha tadbir ishtirokchilariga gullar taqdim etildi. Shuningdek, tuman madaniyat bo‘limi hamda mahalliy ijodkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Mazkur marafonni o‘tkazishdan asosiy maqsad aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda fuqarolarga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishdan iboratdir.

Slide 1 of 10