Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi to'g'risida
TA’LIM VA TARBIYANI BIR-BIRIDAN AJRATIB BO‘LMAYDI

 TA’LIM VA TARBIYANI BIR-BIRIDAN AJRATIB BO‘LMAYDI

O‘zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning provard maqsadi, albatta, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishiga erishishdir.
Bu borada O‘zbekiston qonunchiligi so‘nggi yillarda takomillashtirildi. Ta’lim va tarbiya jarayonlarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

O‘qituvchilarning ishlash sharoitlari yanada yaxshilanib, takomillashtirilmoqda. Ularga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Haqiqiy o‘z ishining ustasi bo‘lgan, mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakaga ega o‘qituvchilarning moddiy rag‘batlantirilishi ham oshib bormoqda. 

Shu bilan birga, yuqorida ta’kidlanganidek, asosiy maqsad — bolalarni yetuk inson qilib tarbiyalash, ularning davlat va jamiyatning barcha sohalari uchun munosib
kadrlar bo‘lib yetishishlarini ta’minlashdir. Eng muhimi, o‘z Vatanini sevadigan, uni rivojlantira oladigan hamda har qanday vaziyatda ham o‘z ona
Vatanini himoya qila oladigan yoshlarni tarbiyalashdir. 

Yuqoridagi jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilish, umumta’lim maktablarida fanlarni o‘zlashtirish holati, “Tarbiya” fanining o‘qitilish metodikasi va natijalarini
kuzatish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tumandagi umumta’lim maktablarida bo‘lishdi. 

O‘rganish jarayonida maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan fanlar hamda ularning o‘qitilish holati bo‘yicha suhbatlar olib borildi. O‘qituvchilarning
qonunchilik bo‘yicha takliflari tinglandi, shuningdek, “Tarbiya” fani bo‘yicha ayrim darsliklarda yangilanmay qolgan ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish
zarurligi yuzasidan fikrlar almashildi.

Xalq deputatlariBulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 3