Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi to'g'risida
DEPUTAT FAOLIYATI. QONUNLAR TARG`IBOTI.

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi “Novdak” MFY hududida joylashgan 19-umumiy o‘rta ta’lim
maktabida 8–11-sinf o‘quvchi qizlar uchun tashkil etilgan “Erta nikoh — yoshlikka dog‘, onalikka sinov” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatida ishtirok etdi. Tadbir davomida deputat yig‘ilganlarga “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Qonunda yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning intellektual, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Qonunga ko‘ra yoshlarning bepul umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi kafolatlanadi, ularni majburiy mehnatga yoki noqonuniy harakatlarga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, yoshlarning sog‘lig‘ini saqlash, ularni ijtimoiy himoya qilish va bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilanganligi aytib o‘tildi.
Shuningdek deputat yoshlar tarbiyasi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa qizlarning ta’lim olish huquqini ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Erta nikohning salbiy oqibatlari, qizlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi, ta’limdan uzilish, ijtimoiy faollikning pasayishi hamda kelajak rejalarning cheklanishi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, yoshlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasida doimiy muloqot olib borilishi ta’kidlandi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa qizlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda erta nikohning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarni mustahkamlashga xizmat qildi. 

Slide 1 of 3