Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangibozor tumani: Oltinko‘l mahallalarida yoshlar bandligi e’tiborda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI VA NATIJA:
янв.21
QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Senat Kengashi qaror ijrosi yuzasidan “Oqjar” mahallasida nazorat o‘rganishlari o‘tkazildi

Senat Kengashi qaror ijrosi yuzasidan “Oqjar” mahallasida nazorat o‘rganishlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda deputatlar tomonidan manzilli nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar — mahalla yettiligi faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi murojaatlarini joyida va tizimli hal etish, bandlik, ijtimoiy himoya, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda yoshlar masalalarida deputatlar va senatorlarning hamkorligini kuchaytirish — amaliyotda ta’minlanmoqda.

Qaror ijrosi doirasida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati — Qiziriq tumani Kengashi raisi — Xudoyqulova Jamila Ziyayevna tuman Kengashi deputatlari Donayev Jahongir Davronovich hamda Juraqulova Mukarram Boyqobilovnalar bilan birgalikda tumandagi “Oqjar” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini joyida o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi, aholi bilan ishlash mexanizmlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Qarorda belgilangan talablar asosida faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olindi. Ushbu nazorat tadbirlari KQ-35-V-sonli qaror talablarining joylarda to‘laqonli va samarali ijro etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2