Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi to'g'risida
Zomin tumanida ekoreyd tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tuman partiya tashkiloti raisi va tuman kengashi deputati Y. Safarov tomonidan tumandagi tozalik va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha ekoreyd tadbiri amalga oshirildi.

Tadbir davomida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, hududdagi tozalik tadbirlari va amalga oshirilayotgan ishlar joyida o‘rganildi. Reyd jarayonida tuman hududidagi soylar va jamoat joylari tozaligi ham alohida e’tibor bilan nazorat qilindi.

Tozalik ishlari doimiy ravishda davom etmoqda, va ekoreyd tadbirlari hududlarni tartibli, obodon va ekologik barqaror saqlashga qaratilgan.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi hududlarda shunday monitoring tadbirlarini muntazam ravishda olib borib, aholining yashash muhiti sifatini yaxshilash va ekologik madaniyatni oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5