Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA XOTIN -QIZLAR FAOLIYATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Спорт масканлари эътибор марказида
янв.21
Туман Кенгашининг навбатдаги сессияси
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati Dilbar Ortiqova "Farovonlik sari" ko'rsatuvida O‘zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
янв.21
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
янв.21
Aholi bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi to'g'risida
Mahallani rivojlantirish barqaror taraqqiyotning muhim poydevori

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning markazida inson manfaatlari, uning farovon hayoti va kelajakka bo‘lgan ishonchi turibdi. Bu borada "mahalla instituti" jamiyatimizning eng muhim bo‘g‘ini sifatida alohida e’tiborga olinmoqda. Zero, mahalla-xalq bilan davlat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik, ijtimoiy muammolarni joyida hal etishning eng samarali tizimidir. 

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallani rivojlantirishga qaratilgan kompleks yondashuv joriy etildi. Ushbu
yondashuv mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, infratuzilmaviy va institutsional rivojini bir butun tizim sifatida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. Avvalo, mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va manzilli hal etish tizimi yo‘lga qo‘yildi. “Mahalla yettiligi” hamda korxona va tashkilortlar hamkorligi orqali har bir xonadon holati o‘rganilmoqda. Bu esa muammolarni yashirmasdan, o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishga xizmat qilmoqda. 

Shuningdek, Bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hokim yordamchilari orqali mahallalarda ishsiz aholi bilan individual ishlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish amaliyoti kengaytirildi. Natijada minglab fuqarolar o‘z ishini boshladi, oilalar daromadi oshdi, kambag‘allik darajasi sezilarli kamaymoqda. Mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ichki yo‘llar, ichimlik suvi va elektr tarmoqlari, bolalar maydonchalari, yashil hududlar barpo etilmoqda. “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida mahallalar qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholining yashash sharoiti yaxshilanmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash ham kompleks yondashuvning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni zararli oqimlardan asrash, kitobxonlik va sportni targ‘ib qilish bo‘yicha mahallalarda tizimli ishlar olib borilmoqda shu bilan birga xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish borasida ham aniq mexanizmlar joriy etildi. 

Deputat sifatida shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, bugungi kunda mahalla davlat siyosatining faol subyektiga aylanmoqda. Qabul qilinayotgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar mahalla vakolatlarini kengaytirish, uning moddiy va tashkiliy bazasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu esa joylarda tashabbuskorlikni oshirib, aholini islohotlarga bevosita jalb etmoqda.

Shuni ham aytish kerakki, mahallani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan kompleks yondashuv bu qisqa muddatli kampaniya emas, balki uzoqni ko‘zlagan, barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi strategik yo‘ldir. Ushbu islohotlar natijasida mahalla haqiqiy ma’noda “inson manfaatlari markazi”ga aylanib, kuchli jamiyat va kuchli davlat poydevorini yanada mustahkamlaydi.

O.Mamatqulov
Jizzax viloyat Kengashi deputati