Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Unda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi Oqdaryo tuman filiali rahbari D.Urazmatov tomonidan filialda korrupsiyaning oldini olish, xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash hamda tizimda qonuniylikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
🔹Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli choralar ko‘rilmoqda.
🔹Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari tomonidan mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔹 Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi F.Malikovalar ham ishtirok etdi.