Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishini
янв.21
📰 Yangiariq tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
MUNOSABAT: Deputat Ernazarova Muqaddas Azadovna
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
# Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 20-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 19-sessiyasi
янв.21
Tuman Kengashimiz Viloyat miqyosida e’tirof etildi.
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Abdimo'minov “Bandixon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish bo‘yicha sayyor yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda deputat tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Slide 1 of 6