Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishini
янв.21
📰 Yangiariq tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
MUNOSABAT: Deputat Ernazarova Muqaddas Azadovna
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
# Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 20-sessiyasi
Milliy xavfsizlik — barqaror taraqqiyotning ishonchli kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda o‘ta muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mazkur yig‘ilishda harbiy xavfsizlikni taʼminlash, Qurolli Kuchlarimizni zamon talablariga mos ravishda modernizatsiya qilish, mudofaa salohiyatini yana-da oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangani alohida eʼtiborga loyiq.

Yig‘ilishda armiyani zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan jihozlash, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini kuchaytirish, boshqaruv tizimini raqamlashtirish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Muzaffar MAMATQULOV Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati