Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishini
янв.21
📰 Yangiariq tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
MUNOSABAT: Deputat Ernazarova Muqaddas Azadovna
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
# Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 20-sessiyasi
MAHALLA YETTILIGINING AHOLIGA MUROJAATI ESHITILDI.

Jizzax shahar “Amir Temur" mahallasida "mahalla yettiligi"ning 2026-yil uchun yillik dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida fuqarolar mahalla hayotiga oid muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. 

O‘tgan yil davomida mahallada bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, ijtimoiy, infratuzilmaviy va bandlikka oid yo‘nalishlardagi natijalar bo‘yicha axborot berildi.

Ushbu yig‘ilishda Jizzax viloyati Kengashi deputati H.Boboyeva va Jizzax shahar Kengashi deputati D.Saidovalar ham ishtirok etishdi. Tadbir davomida deputatlar tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Slide 1 of 4