Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUNOSABAT: Deputat Ernazarova Muqaddas Azadovna
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
# Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangiariq tumanida Xalq deputatlar kengashini doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 20-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 19-sessiyasi
янв.21
Tuman Kengashimiz Viloyat miqyosida e’tirof etildi.
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlar yoshlar bilan ishlash borasidagi ishlarni navbatdagisi Uchqizil MFY faoliyatini o‘rgandilar:

Deputatlar yoshlar bilan ishlash borasidagi ishlarni o‘rganishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan Uchqizil mahallasida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mahallada jami 5495 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 1972 nafari yoshlar (0–30 yosh) bo‘lib, 14–30 yosh oralig‘idagi 1154 nafar yoshdan 595 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi.

“Yoshlar balansi” va “Yoshlar daftari”da olib borilgan ishlar

Joriy yilning yanvar–fevral oylarida mahallada 1177 nafar yoshni qamrab olgan “Yoshlar balansi” shakllantirildi. Shu jarayonda har bir yoshning bandlik, ta’lim, oilaviy va ijtimoiy holati o‘rganilib, ularning ehtiyojlari tahlil qilindi.

Natijalarga ko‘ra, 22 nafar yosh “qizil”, 532 nafari “sariq”, 613 nafari “yashil” toifaga mansub.

“Yoshlar daftari”ga 22 nafar yosh kiritilib, barchasiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 6 nafar yoshga 16 million so‘m miqdorida kontrakt to‘lovi uchun mablag‘ ajratildi. Umumiy hisobda jamg‘arma mablag‘lari 56 million so‘mni tashkil etdi.

Yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash

2024–2025-o‘quv yilida jami 52 nafar bitiruvchi yosh bandlik dasturiga jalb qilingan.

• 35 nafar maktab bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan;

• 21 nafari kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda;

• 14 nafari ustoz-shogird tizimi asosida kasb o‘rganmoqda;

• 5 nafar professional ta’lim bitiruvchisidan 3 nafari ishga joylashtirilgan, 2 nafari o‘zini o‘zi band qilgan;

• 12 nafar oliy ta’lim bitiruvchisidan 9 nafari ishga joylashgan, 2 nafari tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Migratsiyadagi yoshlar bilan muloqotlar

Mahallada 44 nafar yosh migratsiyada bo‘lib, shundan 41 nafari xorijda mehnat faoliyati yuritmoqda.

Ular bilan haftaning chorshanba kunlari onlayn uchrashuvlar o‘tkazilib, taklif va muammolari muntazam o‘rganilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” orqali yoshlar faolligi oshmoqda

Mahalladagi 1473 nafar yosh “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalari doirasida sport, madaniyat, axborot texnologiyalari va ijtimoiy loyihalarga jalb etildi.

Mahalla jamoasi sport musobaqalarida tuman bosqichida 1–2-o‘rinlarni, viloyat bosqichida esa faol ishtirokni qo‘lga kiritgan.

Hududda 1 ta maktab, 2 ta workout maydonchasi, 1 ta sport maydonchasi, 1 ta o‘quv markazi va 2 ta game club faoliyat yuritmoqda.

Xulosa va takliflar

Deputatlar o‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlarning 90 foizi sport to‘garaklariga jalb etilganini e’tirof etishdi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan qo‘shimcha yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. 

Slide 1 of 5