Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya kun tartibida:

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining hamda Kengash huzuridagi doimiy komissiyalarning 2025-yil 1-yarim yilligi uchun ish rejalarini tasdiqlash;

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash; 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash mezonlarini tasdiqlash;

Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2024-yildagi kutilayotgan ijrosi; 

2025-yilgi tuman mahalliy budjetini tasdiqlash hamda mahalliy daromadlar va xarajatlarning prognoz ko‘rsatgichlarini belgilash to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.

Slide 1 of 7