Yangiliklar

Termiz shahridagi “Shifokor” mahallalasida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari O.Lapasova, D.Normuradova, M.Ruziyeva hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Termiz shahridagi “Shifokor” mahallalasida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari O.Lapasova, D.Normuradova, M.Ruziyeva hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Keyingi yillarda xalq bilan yaqindan muloqot o‘rnatish, og‘irini yengil qilishga ko‘maklashish deputatlar faoliyatining asosiy mezoniga aylandi.

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.

Slide 1 of 1