Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi 28-aprel, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
📍 Yakkasaroy tumanida hududiy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Mahalla hududu va aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yakkasaroy tumanida yo‘l xavfsizligi va bandlik masalalari e’tiborda
янв.21
Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda
янв.21
📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda
янв.21
‼️‼️ Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
янв.21
‼️‼️‼️ Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan 6-Qorasuv saylov okrugi hududidagi Gulzor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan 6-Qorasuv saylov okrugi hududidagi Gulzor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida Gulzor va Qorasuv mahallalari fuqarolari yig‘ini raisi Tursunov Mirjalol tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi farovonligini oshirish, obodonlashtirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan faoliyat yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, tashrif davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, murojaatchilar bilan ochiq muloqot olib borish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Gulzor va Qorasuv mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar mahalla tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan yaqin muloqotni mustahkamlash va mavjud masalalarni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1