Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi 28-aprel, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
📍 Yakkasaroy tumanida hududiy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Mahalla hududu va aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yakkasaroy tumanida yo‘l xavfsizligi va bandlik masalalari e’tiborda
янв.21
Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda
янв.21
📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda
янв.21
‼️‼️ Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
янв.21
‼️‼️‼️ Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
Deputat Tadjieva Muxabbat Xaydaraliyevna deputatlik so'roviga javob.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjieva Muxabbat Xaydaraliyevna tomonidan fuqarolar murojaati asosida yo‘llangan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limidan rasmiy javob xati olindi.

Javob xatida Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesidagi 26-uy manzilida o‘rganish ishlari olib borilgani ma’lum qilinib, hududdagi daraxtlarni sanitariya maqsadida butash va kesish tartibi yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida batafsil tushuntirish berilgan.

Rasmiy javobda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida daraxt va butalarni sanitariya maqsadida butash uchun ayrim hollarda ruxsatnoma talab etilmasligi ham belgilab o‘tilgan.

Deputatlik faoliyati doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, hududdagi ekologik muammolarni bartaraf etish hamda aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2