Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi 28-aprel, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
📍 Yakkasaroy tumanida hududiy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Mahalla hududu va aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yakkasaroy tumanida yo‘l xavfsizligi va bandlik masalalari e’tiborda
янв.21
Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda
янв.21
📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda
янв.21
‼️‼️ Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
янв.21
‼️‼️‼️ Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
MUSTAQILLIK – TARAQQIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI

MUSTAQILLIK – TARAQQIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda “Lochin” mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda talabalar, tyutorlar, faxriy ustozlar va nuroniylar ishtirok etdilar. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va mustaqillik ne’matlariga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar dastlab “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzeyda ular jadid ma’rifatparvarlari va qatag‘on qurbonlarining hayoti hamda faoliyati, shuningdek, tarixiy eksponatlar va arxiv hujjatlari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur sayohat yoshlarning tariximizga hurmat va ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.

Shuningdek, fakultetda “Noming dillarda mangu yashaydi” mavzusida xotira darsi tashkil etildi. Tadbir davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikning ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Nuroniylar tomonidan yoshlarga Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ilm olish va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish borasida hayotiy maslahat hamda tavsiyalar berildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy g‘oya va qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning tarixiy xotirasi hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3