O‘rganish jarayonida bir qator muhim yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi:
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylar sport zallari hamda ularning jihozlanganlik darajasi
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, ehtiyojmand toifalarga xizmat ko‘rsatish sifati, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralari belgilandi.
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va mavjud muammolarni hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.