Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
🏘 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi va bandlikka ko‘maklashildi
янв.21
📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
янв.21
📋 Mahalladagi dolzarb masalalar deputat nazoratida
янв.21
✍️ Hududda murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Hududlarda o‘rganish va bandlikka ko‘maklashish ishlari
янв.21
🏘 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
Tibbiyot muassasasida qonun ijrosi atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining 8 – A.Navoiy saylov okrugi deputati Andayev Axmad tuman tibbiyot birlashmasida, tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘RQ-528-son, 2019-yil 11-martda qabul qilingan hujjat ijrosini atroflicha o‘rgandi.

Uchrashuv davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, ayniqsa reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, profilaktik tadbirlar, ayollar va yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari holati tahlil qilindi.

Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1