Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📌Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

✔️Jumladan, deputat Sarikul mahallasida joylashgan 12-son oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi. Shuningdek, tibbiyot muassasasida bemorlarga bepul taqdim etiladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati ham atroflicha tahlil qilindi.

✔️O‘rganish jarayonida tibbiyot xodimlari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, taklif va mulohazalar tinglandi. 

✔️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

👉Bu kabi o‘rganishlar aholi manfaatlarini ta’minlash, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4