Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hududlarda muammolar o‘rganilib, manzilli choralar belgilandi
янв.21
📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
янв.21
✍️ Deputat tomonidan “mahalla yettiligi” faoliyati ko‘chama-ko‘cha joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova 2026-yilning I choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
📌 “Belariq” mahallasida "Sumalak sayli" ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda
янв.21
📌 Noqonuniy chiqindilar chiqarilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar: aholi muammolari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
янв.21
✏️Tasdiqlangan grafik asosida muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda (24 ta tavsia asosida)
янв.21
📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar: aholi muammolari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
Prezidentning Jizzaxga tashrifi — viloyat hayotiga yangicha sur’at

Prezidentning Jizzaxga tashrifi — viloyat hayotiga yangicha sur’at

Prezidentning Jizzax viloyatiga tashrifi hudud hayotiga yangi nafas, yangicha ruh olib keldi. Tashrif davomida tanishilgan loyihalar, boshlab berilgan bunyodkorlik ishlari hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar Jizzaxning bugungi taraqqiyoti va ertangi istiqboliga mustahkam ishonch uyg‘otmoqda.

Viloyatda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari, jumladan yangi yo‘llarning barpo etilishi, xizmat ko‘rsatish maskanlarining zamonaviylashtirilishi, aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan tashabbuslarning boshlanganligi hududning yanada jadal rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat shahar markazida, balki chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga zamin yaratadi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, suv tejovchi uskunalar, agrotexnik xizmatlarning kengaytirilishi dehqonlar va fermerlar mehnatini yengillashtirib, yuqori hosildorlikka erishish imkonini bermoqda. Tashrif davomida alohida e’tibor qaratilgan har bir loyiha — Jizzaxning ravnaqi, aholining farovon hayotini ta’minlashga qaratilgan aniq va amaliy qadamdir.

Shu bois, mazkur tashrifni viloyatning kelajakdagi taraqqiyoti uchun yangi bosqichning boshlanishi, iqtisodiy va ijtimoiy yuksalish yo‘lida muhim turtki, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Jizzax bugun yangilanmoqda, ertaga esa yanada porloq istiqbollarga intilmoqda.  

Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati Bayjanova O'tagul