Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Yakkasaroy tumanida hududiy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Mahalla hududu va aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yakkasaroy tumanida yo‘l xavfsizligi va bandlik masalalari e’tiborda
янв.21
Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda
янв.21
📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda
янв.21
‼️‼️ Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
янв.21
‼️‼️‼️ Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
Bugun, 31-mart kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

 Mahalliy Kengashlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati;

 Deputatlik so‘rovlari natijalarini tahlil qilish, ularga o‘z vaqtida javob bermaslik va masalalarga yuzaki yondashish holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnomalar kiritish ishlarini samarali tashkil etish;

 Mahalliy vakillik organlari faoliyatini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati.

Shuningdek, Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasining ijrosi holati hamda mahalliy Kengashlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xususan, norma ijodkorligi faoliyati tahliliga oid masalalar muhokama qilindi.

 Yig‘ilish yakunida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1