Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Deputat 24 ta tavsiya asosida o‘rganish olib bordi
янв.21
Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
📌 Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
🌳 “Yashil makon” – kelajak uchun yashil qadam!
янв.21
🌱 Innovatsion loyiha bilan tanishuv
янв.21
Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
📌 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
“Do‘stlik” istirohat bog‘ida “Sumalak Party–2026” Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining III chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Mahalliy byudjet mablag‘lari — qat’iy nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich va Turdiyev Anvar Xaytbayevichlar tomonidan mahalliy byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

👥 Ushbu jarayonda ekspert guruhi vakillari M. Mamutov, A. Aymbetov, shuningdek kotibiyat bosh mutaxassisi D. Xodjanov ham ishtirok etdi.

🚧 Nazorat davomida tumanda olib borilayotgan qurilish ishlari, shuningdek kambag‘allik reestrida turgan 1-guruh nogironlarining uy-joylarini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning sarflanishi atroflicha o‘rganildi.

📊 O‘rganishlar jarayonida mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, qurilish ishlarining sifati va belgilangan rejalarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi.

❗️ Mahalliy byudjet mablag‘lari ustidan doimiy nazoratni ta’minlash — aholi manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Bunday amaliy nazorat ishlari orqali davlat mablag‘larining samarali sarflanishi ta’minlanib, hududlarning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

✅ Aholi manfaati — ustuvor vazifa!

Slide 1 of 7