Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputatlari R.Ro‘ziev, S.Napisova , D.Berdalievalar bolalar boʼlimida bemor bolajonlar holidan xabar oldi. Tashrif buyurgan deputatlar har bir bolajon bilan suhbat qilib, maʼnaviy dalda berdi hamda 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bilan tabriklab, esdalik sovgʼalar, oʼyinchoqlar tarqatdi.
Deputat Ruslan Ro‘ziyev bemor bolajonlar holidan xabar olish, ularni sovgʼalar bilan siylash uchun qilingan tashriflari nafaqat bolajonlarni balki ularning ota-onalariga ham quvonch siyladi.