Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyati va mahalliy kengash deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Buxoro viloyatida bo’lib turibdi.
Delegatsiya a'zolari dastavval Romitan tumanida joylashgan "Bukhara Desert Oasis" MCHJ korxonasida bo'lib, sahro bag'rida bunyod etilgan turistik maskan faoliyati bilan tanishishdi.
Tanishish asnosida Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalliy Kengashlarning sohadagi ijobiy yutuqlari, amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish hamda ularning o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va viloyatlar darajasidagi masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga kabi masalalar muhokama etildi.
Delegatsiya a'zolarining Buxoro viloyatida o'rganishlari davom etmoqda.