Konimex tumanidagi “Kamalak” MMTTda "Xayr bog‘cha, salom maktab!" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tarbiyalanuvchilar bilan birga, Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputatlari X.Ibragimov. A.Xudoyberdiyevlar hamda bolajonlarning ota-onalari ham ishtirok etdilar. Tadbirda turli viktorina o‘yinlari, sport musobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblarni tuman Kengashi deputatlari tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Bolalar ijrosida Vatanni madh etuvchi she’r-qo‘shiqlar, maqol va hikmatli so‘zlar, turli sahna ko‘rinishlari barchaga quvonch ulashди.