Bolajonlar bayramiga munosib tuhfa!
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchquduq tumani markazida davlat xususiy - sherikchilik asosida «Porloq yulduzchalar» maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Xamroyev Soli Farmonovich tashrif buyurib kirish so'zida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bolajonlarni qutlab yangi muassasa faoliyati rivojlanishida zafarlar tiladi. 180 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasada bugungi kunda 3 ta guruhda 90 nafar kichkintoy qabul qilingan bo‘lsa, yana 3 ta guruhga bolajonlarni qabul qilish ishlari davom ettirilmoqda.