✅Sayyor qabul
🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati X. Aydashev, IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.Boymirzayev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yusupovlar boshchiligida “Talpin” MFY hududida aholi muammolarini yechish, murojaatlarini o‘rganish va ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🔹Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish, mahalla hududini obodonlashtirish, tungi yoritgich chiroqlarini o‘rnatish, chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketish, kommunal xizmati sohasidagi kamchiliklar va boshqa masalalar yechimi xususida bo‘ldi.