Yangiliklar

MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLLARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI.

 Joriy yilning 30-may kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi, shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov shaharda joylashgan "Barkamol" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
xotin-qizlar faollari bilan uchrashdi.
 

 Uchrashuv davomida xotin-qizlarning bandligi ta’minlash, oilalar ajralishini oldini olish, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan
xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish kabi bir nechta masalalar ko‘tarildi.
 

 Uchrashuv yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.  

Slide 1 of 3