Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari
янв.21
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
янв.21
Deputat uchrashuvi
Aholi bilan uchrashuv

 2025 yil 16-yanvar kuni Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati A.Matyakubova o'zi saylangan hudud Navro‘z mahallasida aholi bilan uchrashuv o'tkazdi. Yig‘ilishni Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.Yangibayev ochib berdi. Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati A.Matyakubova kun tartibidagi masala “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni loyihasini muhokama qilish yuzasidan so‘zga chiqdi.  

Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yoʻnalishlar:  

-har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish; 

-barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash; 

-suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish; 

-qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish; 

-“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish bo'yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilganligini aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida aniqlangan aholini qiynayotgan muammolarni hal qilish bo`yicha deputatlik so`rovlari chiqarildi.  

Slide 1 of 5