Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚖️ MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH — QONUN TALABI
янв.21
🏛️ YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
👩‍💼 “OLIMPIYA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 GULOBOD MAHALLASIDA YO‘L, YORITISH VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 JAMOATCHILIK NAZORATI — OCHIQLOLIK VA HISOBDORLIKNING MUHIM VOSITASI
янв.21
🚦 XORAZM VILOYATIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏥 XORAZM VILOYATIDA TIBBIYOT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA TIBBIY KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🚔 XORAZM VILOYATIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMADA
янв.21
⚖️ XORAZM VILOYATIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILADI
янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Odilovich Muminovga poytaxtda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, qozonxonalar va issiqlik tarmoqlarining texnik holati hamda ko‘p qavatli uylarni barqaror issiqlik bilan ta’minlash masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Otabek Jiyanboyev Toshkent shahrida isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida qozonxonalar, issiqlik punktlari va magistral tarmoqlarda qanday ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani, eskirgan quvurlarni almashtirish rejasi qay darajada bajarilgani hamda yakunlanmagan ishlarni tugatish muddatlari yuzasidan savol berdi. Shuningdek, isitish tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va aholini uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bilan qiziqdi.

🗣 JAVOB: Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Odilovich Muminov mazkur masala yuzasidan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi doirasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi.

♨️ Jumladan, qozonxonalardagi 37 ta qozon mukammal, 542 ta qozon joriy ta’mirdan chiqarilgani va ushbu yo‘nalishlardagi rejalar to‘liq bajarilgani qayd etildi. Issiqlik tarmoqlarida 99 kilometr eskirgan quvur almashtirilib, belgilangan reja 114 foizga bajarilgani bildirildi. Shuningdek, 19 kilometr quvur zamonaviy issiqlik izolyatsiyali PPU quvurlarga almashtirilgani ma’lum qilindi.

🏗 Issiqlik quvurlarining 22,3 kilometrida izolyatsiya qoplamasi tiklangan, 441 kilometr issiqlik tarmog‘i joriy ta’mirlangan. Bundan tashqari, 13 ta nasos stansiyasi kapital, 74 ta nasos stansiyasi joriy ta’mirdan chiqarilgani, 5 632 ta zulfin hamda 1 371 ta kompensator almashtirilgani yoki ta’mirlangani qayd etildi.

⚠️ Shu bilan birga, PPU quvurlarni almashtirish ishlari bo‘yicha reja to‘liq yakunlanmagani, Sergeli, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida ishlar davom etayotgani ma’lum qilindi. Hisobotda mazkur ishlarni 2026-yil 1-noyabrgacha yakunlash belgilangan.

📋 Muhokamada issiqlik tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash hamda kuz-qish mavsumida aholiga barqaror kommunal xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1