Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH — QONUN TALABI
янв.21
⚖️ MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH — QONUN TALABI
янв.21
🏛️ YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
👩‍💼 “OLIMPIYA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 GULOBOD MAHALLASIDA YO‘L, YORITISH VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 JAMOATCHILIK NAZORATI — OCHIQLOLIK VA HISOBDORLIKNING MUHIM VOSITASI
янв.21
🚦 XORAZM VILOYATIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏥 XORAZM VILOYATIDA TIBBIYOT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA TIBBIY KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🚔 XORAZM VILOYATIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMADA
янв.21
⚖️ XORAZM VILOYATIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILADI
“BIR NURONIY — 10 YOSHGA MAS’UL” KO‘RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI YAKUNLANDI


Tadbirda keksa va o‘rta avlod vakillari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Yusuf Hakimov so‘zga chiqib, mazkur tashabbusning mazmun-mohiyati, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularga hayotiy tajriba va pand-nasihatlar orqali ko‘mak berishda nuroniylarning o‘rni va mas’uliyati haqida fikr bildirdilar.

Ko‘rik-tanlov yakunida g‘oliblar aniqlanib, deputat tomonidan munosib taqdirlandilar.

Mazkur tadbir nuroniylar va yoshlar o‘rtasidagi avlodlar davomiyligini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda jamiyatda nuroniylarning faolligini oshirishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7