Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B. Bayanasov, tuman Kengashi deputatlari O. Musanov hamda E. Rajabov tomonidan Yangibo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar o‘rtasida sportni yanada rivojlantirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bolalar uchun sport maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan hudud ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida sport maydonchasi barpo etilishi mo‘ljallangan joyning mavjud holati bilan tanishildi. Mazkur tashabbusning mahalladagi bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Mahallalarda bolalar uchun sport bilan shug‘ullanishga qulay sharoitlar yaratish yosh avlodning salomatligini mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi. Shu jihatdan, sport maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan hududni o‘rganish kelgusidagi ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 3