Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Raxmatullayev tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hamda Kengash qarorlari asosida ajratilgan moliyaviy mablag‘larning sarflanishi va tegishli qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi, ulardan samarali va oqilona foydalanilishi, shuningdek, Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijro holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Shu bilan birga, budjet mablag‘laridan foydalanishda qonuniylik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga rioya etilishi, ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

✅ Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash, Kengash qarorlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda mavjud mablag‘lardan samarali foydalanish orqali shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiluvchi ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.

Slide 1 of 2