Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining vakolatlari va ijro intizomini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish borasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish maqsadi va vazifalari

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Katta Vaxshivor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda “Mahalla yettiligi” tizimidagi o‘zaro hamkorlik darajasini maxsus savolnoma asosida har tomonlama o‘rganishdan iborat.

O‘rganishlar davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va oilaviy ajrimlarning oldini olish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar hujjatlar va amaliy jarayonlar kesimida tahlil qilindi.

O‘rganish ishlarida ishtirok etgan mas’ullar

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 25-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputat Jabbarov Jamshid Adashovich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov tomonidan “Katta Vaxshivor” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Amalga oshirilgan ishlar va natijalar

Tadbir davomida soha bo‘yicha yuritilayotgan hisobotlar, “Xotin-qizlar daftari” bilan ishlash tartibi va mahalla xotin-qizlarining murojaatlarini hal etish mexanizmlari sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Maxsus savolnomaga asosan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Deputatlar tomonidan sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha doimiy va tizimli nazorat o‘rnatilishi belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5