VAZIRLAR MAHKAMASI QARORI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA KO‘RIB CHIQILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi 171-son qarori ijrosi masalasi ko‘rib chiqildi.
🔎 Yig‘ilishda qaror talablarining tumandagi ijrosi, tashkilotlarda ijro intizomini ta’minlash, topshiriqlar va qonunchilik hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishi hamda bu borada deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
📋 Qaror ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida deputatlar uchun tegishli savollar ishlab chiqildi va ishchi guruh shakllantirildi.
✅ O‘rganish davomida aniqlanadigan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar tayyorlash hamda ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan choralarni belgilash ko‘zda tutilgan.