DORIXONALAR FAOLIYATINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy masalalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 334-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan tuman hududidagi dorixonalar faoliyati, ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish tartibiga rioya qilinishi, aholini zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash holatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.
📌 O‘rganish jarayonida mavjud holatni tahlil qilish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni belgilash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
🤝 Mazkur ishchi guruh faoliyati qonunchilik hujjatlari ijrosini joylarda o‘rganish, aholi manfaatlarini ta’minlash va deputatlik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan.