SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
🏫 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 15-Mustaqillik saylov okrugi deputati J. Ochilov navbatdagi sessiya oldidan Temirxo‘ja mahallasida joylashgan 69-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida maktabdagi isitish pechlari, ko‘mir zaxirasi hamda o‘quv xonalarini mavsum davomida issiqlik bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Deputat ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, isitish tizimlarining sozligini ta’minlash hamda mavsumga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida hal etish muhimligini ta’kidladi.
✅ Hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.