3-SON TЕXNIKUMDA DЕPUTATLIK O‘RGANISHI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S. Djumanova tomonidan 3-son texnikumda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida texnikumda tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar xonalari, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan sharoitlar hamda mashg‘ulotlarda foydalanilayotgan jihozlar va asbob-uskunalar bilan tanishildi.
Ayniqsa, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy talablarga mos kasbiy mahoratni egallashi va mehnat bozorida talab yuqori mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, muassasadagi imkoniyatlar va amaliy ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Deputatlik o‘rganishlari davomida ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlarni yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tashkilotlar bilan hamkorlik qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.