Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li tashabbusi hamda deputatlik so‘rovlari inobatga olingan holda, tuman mahallalarida yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari uchun mablag‘lar yo‘naltirildi.
📍 Amalga oshiriladigan ishlar:
Katta Chilonzor-3 MFY — 110 000,0 ming so‘m;
Novza MFY, I-mavze — 1–2-uylar oralig‘i, shuningdek 3–4-1 va 138-uylar atrofi.
💰 Ajratilgan mablag‘lar: Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2026-yil II choragida dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlaridan tushgan soliq tushumlari hisobidan shakllangan qo‘shimcha manbalaridan yo‘naltirilgan.
📄 Mazkur mablag‘lar 2026-yil 8-oktabrdagi III-24-84-14-204-K/26-sonli Kengash qarori asosida ajratilgan.
Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar ijrosi nazoratga olinib, yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari natijalari kuzatib boriladi.
Obod mahalla — qulay hayot, sifatli yo‘llar — xavfsiz harakat!