Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Dildora Rustamova boshchiligida komissiya a’zolari, Toshkent shahar Kengashi deputatlari hamda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha o‘rinbosari Muattar Abdullayeva ishtirokida aholi salomatligini asrash va kasalliklar profilaktikasi holatini o‘rganishga qaratilgan sessiyaoldi o‘rganishlar davom ettirildi.

🔺 O‘rganishlarning navbatdagi manzili Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Yunusobod tumani Tibbiyot birlashmasining Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘ldi. Deputatlar muassasaning kundalik faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan ambulator tibbiy xizmatlar, mutaxassislar qabuli hamda diagnostika va profilaktika ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🩺 O‘rganish davomida tor soha mutaxassislari bilan ta’minlanganlik, bemorlarni qabul qilish va ularga tashxis qo‘yish jarayonlari, profilaktik ko‘riklar hamda surunkali kasalliklarni erta aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👩‍⚕️ Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikada shifokorlar uchun 230,75 shtat birligi ajratilgan bo‘lib, shundan 215,25 shtat birligi band, muassasada 140 nafar shifokor faoliyat yuritishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun ajratilgan 346,25 shtat birligidan 330,25 tasi band ekani qayd etilgan.

🔍 Mazkur ko‘rsatkichlar doirasida tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganlik, mavjud vakant o‘rinlarni to‘ldirish, shifokorlarning malakasini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.

💻 Shuningdek, elektron navbat, elektron tibbiy karta va boshqa raqamli xizmatlardan foydalanish, bemorlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🗣 Muassasa rahbariyati va tibbiyot xodimlari bilan suhbat davomida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, kasalliklarni erta aniqlash va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

📋 O‘rganishlarda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning samaradorligini oshirish, birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash hamda mavjud muammolarning yechimlarini aniqlash masalalariga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.

➡️ Toshkent shahrida aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganishga qaratilgan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10