Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA “OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
YASHNOBOD TUMANIDAGI 67-SON OILAVIY POLIKLINIKA FILIALIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️YASHNOBOD TUMANIDAGI 67-SON OILAVIY POLIKLINIKA FILIALIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Dildora Rustamova boshchiligida komissiya a’zolari hamda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha o‘rinbosari Muattar Abdullayeva bilan birgalikda poytaxtda aholi salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish, profilaktika tadbirlarining haqiqiy holatini o‘rganish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan hududlarda sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔺 O‘rganishlarning dastlabki manzili Yashnobod tumanidagi 67-son oilaviy poliklinika filiali bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari muassasada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish jarayonlari, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmatlarning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdi.

🏥 Jarayonda oilaviy shifokorlar va hamshiralar faoliyati, bemorlarni qabul qilish tartibi, tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan bepul va kafolatlangan tibbiy xizmatlar hamda ularning sifati bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🩺 Xususan, yurak-qon tomir, qandli diabet va boshqa kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik ko‘riklar va skrining tekshiruvlari bilan aholini qamrab olish, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tibbiy kuzatuvni tashkil etish masalalari o‘rganildi.

📋 Shuningdek, fuqarolarni tibbiyot muassasasiga biriktirish, patronaj xizmatini tashkil etish, homilador ayollar, bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar salomatligini nazorat qilish hamda aholiga tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirish masalalari muhokama qilindi.

💻 Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, jumladan, elektron tibbiy kartalar, elektron navbat va elektron retsept tizimlaridan foydalanish, shuningdek, muassasaning tibbiy jihozlar va malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi ham e’tibor markazida bo‘ldi.

🗣 O‘rganish davomida muassasa rahbariyati va tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashilib, mavjud sharoitlarni yaxshilash, kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.

♻️ Mazkur o‘rganishlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini takomillashtirish, aholi salomatligini mustahkamlash hamda tibbiyot muassasalari faoliyatidagi dolzarb masalalarni aniqlashga qaratilgan.

➡️ Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganishga qaratilgan sessiyaoldi o‘rganish ishlari navbatdagi manzillarda davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10