“Do‘stlik” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Joylarda aholi muammolarini tizimli hal etish va mahalla tizimi samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov mas’ul xodimlar va tuman soha mutasaddilari hamrohligida “Do‘stlik” mahallasida bo‘ldilar. Tashrif davomida hududdagi **“mahalla yettiligi”**ning kundalik faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash holati va ijtimoiy dasturlarning ijrosi bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida mahalla faollarining ish samaradorligini yanada oshirish, aholi muammolarini joyida hal etish mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiya va vazifalar belgilandi.