Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#_Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishn Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhi raisi Eshqulov Ziyodulla Abdimo'min o'g'li olib bordi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ–102–V-sonli qarori hamda Xalq deputatlari
Bandixon tumani Kengashining 2025-yil15-apreldagi VII-07-47-8-211-K/25 -son qarori ijrosi doirasida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, uning hududdagi yoshlar bilan ishlash tizimidagi o‘rni va vazifalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida 2026-yil boshidan buyon, xususan sentabr oyi mobaynida Yoshlar maslahat guruhi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi ko‘rib chiqildi. Mazkur davrda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.

Yig‘ilishda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda faol ishtirok etish, hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash va ularga amaliy yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Muhokamalar davomida guruh a’zolari tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda Yoshlar maslahat guruhining kelgusidagi faoliyati bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va ish rejasi belgilab olindi.

Slide 1 of 1