Ko‘ktosh qabristoni hududidagi suv ta’minoti masalasi amaliy hal etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Turayev 2026-yil 5-oktabr kuni “Deputat daftari”ga hududdagi muhim masalalardan birini qayd etdi.
Deputat tomonidan Suv ta’minoti bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda Charxin mahallasidagi Ko‘ktosh qabristoni hududining suv ta’minoti holati o‘rganildi.
💎 O‘rganish davomida hududdagi suvga bo‘lgan ehtiyoj va mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, masalani joyida hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
💧 Natijada Ko‘ktosh qabristoni hududiga suv chiqarish ishlari amalga oshirildi.
👍 Mazkur amaliy ish deputat, doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilotning hamkorligida hududdagi muammoni aniqlashdan tortib, uning yechimini ta’minlashgacha bo‘lgan jarayonning muhim natijasi bo‘ldi.
👍 Maqsad — hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni amaliy hal etish va aholi hamda ijtimoiy obyektlarning zarur sharoitlarini yaxshilash.