Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Marina Murzametova tashabbusi bilan Yunusobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida “Ahilobod” mahallasida hududni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi.
🌳Amalga oshirilgan ishlar:
🔺Hududdagi daraxtlarning ortiqcha shoxlari belgilangan sanitariya talablariga muvofiq butaldi.
🔺Yashil hududlarni parvarishlash va atrof-muhitni muhofaza qilish choralari ko‘rildi.
🔺Belgilanmagan joylarga tashlab ketilgan maishiy chiqindilar yig‘ishtirilib, hudud tozalandi va tartibga keltirildi.
⚖️Qonun ijrosi — amalda!
Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1006-son “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2018-yil 2-fevraldagi O‘RQ-457-son “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarda sanitariya holatini yaxshilashga oid vazifalar bilan hamohangdir.
🌱 Deputat tashabbusi doirasida amalga oshirilgan ushbu ishlar mahallada ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholi uchun toza va qulay muhit yaratish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirishga xizmat qiladi.