Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
18-MAKTABDAGI SPORT ZALI VA JIHOZLAR HOLATI O‘RGANILDI

#Kengash_raisi
#deputat_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi

18-MAKTABDAGI SPORT ZALI VA JIHOZLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi, 20-Gulbahor saylov okrugi deputati S. Nazarov tomonidan Gulbahor MFY hududidagi 18-sonli umumta’lim maktabida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 3-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabdagi sport zalining mavjudligi, uning jihozlanish darajasi, sport anjomlarining soni va holati, shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan samarali shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport inshootlaridan maqsadli foydalanish, mavjud sport anjomlarini soz holatda saqlash hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.


Mazkur o‘rganishlar ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3