Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA IJOBIY JAVOB OLINDI

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA IJOBIY JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan “M. Eshtemirov” MFYning Anhor va Tinchlik ko‘chalaridagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur murojaat tuman “Elektr ta’minoti” mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, hududdagi elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha 250 kVA quvvatdagi transformator o‘rnatish hamda undan chiquvchi 0,4 kV elektr tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Hozirda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. Ishlar yakunlangach, yangilangan elektr tarmoqlari tegishli tartibda Termiz tuman elektr ta’minoti korxonasi balansiga olinishi belgilangan.

⚡️ Fuqarolar murojaati amaliy yechim topmoqda. Masala deputatlik nazoratida.