Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘️ BOG‘OT TUMANIDA “MAHALLA YETTILIGI” VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 “DO‘STLIK” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR VA EHTIYOJMAND FUQAROLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI VA KO‘CHA INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
янв.21
“DO‘STLIK UYI”DAGI RASMLAR KO‘RGAZMASI VA AHOLI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA MADANIY MEROS OBYEKTLARI VA MUZEY EKSPONATLARINING SAQLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
"TURKMANLAR" MAHALLASIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA NNT HAMKORLIGI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
TOSHKENT METROPOLITENIDA YO‘LKIRA TARIFLARI, ELEKTRON TO‘LOV TIZIMI VA YO‘LOVCHILARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi

❗️ TOSHKENT METROPOLITENIDA YO‘LKIRA TARIFLARI, ELEKTRON TO‘LOV TIZIMI VA YO‘LOVCHILARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova “Toshkent metropoliteni” AJ boshlig‘i o‘rinbosari Yo‘ldosh Yusupovga poytaxt metropolitenida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, yo‘lkira to‘lovlari tizimini takomillashtirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun yaratilgan imtiyozlar yuzasidan savol yo‘lladi.

🗣 SAVOL: Deputat Nigora Eshmetova Toshkent metropolitenida yo‘lkira tariflarining belgilangan tartibda qo‘llanilishi, elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, pensionerlar, talabalar, maktab o‘quvchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun joriy etilgan imtiyozlar hamda yangi tariflarning yo‘lovchilar xarajatlariga ta’siri yuzasidan “Toshkent metropoliteni” AJ boshlig‘i o‘rinbosari Yo‘ldosh Yusupovga savol yo‘lladi.

🔺 JAVOB: “Toshkent metropoliteni” AJ boshlig‘i o‘rinbosari Yo‘ldosh Yusupov mazkur masala yuzasidan ma’lumot berib, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qaroriga muvofiq poytaxt jamoat transporti, jumladan, avtobus va metro tizimini rivojlantirish hamda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida yangi tariflar tizimi joriy etilganini ma’lum qildi.

💳 Jumladan, jamoat transportida naqd pul orqali to‘lov miqdori 3 000 so‘m etib saqlab qolingani, transport yoki bank kartalari, shuningdek, mobil ilovalar orqali elektron to‘lov amalga oshirilganda esa yo‘lkira haqi 2 500 so‘m etib belgilanganini qayd etdi. Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus transport kartalari orqali uzoq muddatli tarif rejalarini xarid qilishda 50 foizlik chegirmalar saqlab qolingani ta’kidlandi.

📋 Xususan, mazkur imtiyozlardan maktab o‘quvchilari, talabalar, pensionerlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda foydalanish imkoniyatiga ega ekani bildirildi. Bundan tashqari, qonunchilikka muvofiq jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun mavjud imtiyozlar o‘zgarishsiz qoldirilgani ma’lum qilindi.

📊 Yangi tariflar tizimini joriy etishda yo‘lovchilarning kundalik transport xarajatlarini maqbullashtirish, elektron to‘lovlardan foydalanishni rag‘batlantirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini inobatga olishga e’tibor qaratilgani qayd etildi.

✅ Mazkur masalalar yuzasidan metropolitenda yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tariflarning shaffof qo‘llanilishini ta’minlash hamda fuqarolarga belgilangan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligiga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1