Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘️ BOG‘OT TUMANIDA “MAHALLA YETTILIGI” VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 “DO‘STLIK” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR VA EHTIYOJMAND FUQAROLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI VA KO‘CHA INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
янв.21
“DO‘STLIK UYI”DAGI RASMLAR KO‘RGAZMASI VA AHOLI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA MADANIY MEROS OBYEKTLARI VA MUZEY EKSPONATLARINING SAQLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
"TURKMANLAR" MAHALLASIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA NNT HAMKORLIGI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
Nurobod tumanida oqova suvlarni tozalash inshooti qurilishi o‘rganildi

#24_ta_masala
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Nurobod tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda istiqboldagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–392-son qarori ijrosi doirasida Nurobod tumani Nurbuloq mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Xususan, “Nurbuloq” mahallasidagi “Nurbuloq” shaharchasini zamonaviy kurort shaharchasiga aylantirish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida oqova suvlarni tozalash inshooti qurilishi bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mazkur inshootning qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning holati, belgilangan vazifalar ijrosi hamda obyektni foydalanishga topshirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan qurilish ishlarining sifatli tashkil etilishi, zamonaviy muhandislik infratuzilmasini yaratish va loyihaning samarali amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashildi.

Oqova suvlarni tozalash inshootining barpo etilishi hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash, oqova suvlarni belgilangan me’yorlar asosida tozalash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda zamonaviy infratuzilmaning barqaror ishlashiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mazkur obyekt “Nurbuloq” shaharchasini istiqbolda zamonaviy kurort hududiga aylantirish, hududning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif davomida loyihada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qurilish jarayonida tegishli talab va me’yorlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan infratuzilmaning samaradorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Hududda amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar Nurobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 7