Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘️ BOG‘OT TUMANIDA “MAHALLA YETTILIGI” VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 “DO‘STLIK” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR VA EHTIYOJMAND FUQAROLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI VA KO‘CHA INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
янв.21
“DO‘STLIK UYI”DAGI RASMLAR KO‘RGAZMASI VA AHOLI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA MADANIY MEROS OBYEKTLARI VA MUZEY EKSPONATLARINING SAQLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
"TURKMANLAR" MAHALLASIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA NNT HAMKORLIGI
янв.21
“ULLI HOVLI” TURISTIK MAJMUASIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati “Alpomish” mahallasidagi 45-sonli ko‘p qavatli uyning yerto‘lasidagi avariya holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar uchun xavfsiz, toza va sanitariya talablariga javob beradigan yashash muhitini ta’minlash, kommunal muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-“Alpomish” saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini topish maqsadida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida “Alpomish” mahallasida joylashgan 45-sonli ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida muhandislik-kommunikatsiya tizimlari bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi. Jumladan, ichimlik suvi yoki oqova suv quvuridagi avariya sababli yerto‘lada ko‘p miqdorda suv to‘planib qolayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat bino poydevorining namlanishi va shikastlanish xavfini yuzaga keltirishi, xonadonlarga noxush hidlar tarqalishi hamda antisanitariya muhiti shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa ushbu uyda istiqomat qilayotgan fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Aniqlangan muammo yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov tomonidan Termiz shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i J.Maxammadinovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda mas’ul mutaxassislar ishtirokida avariya holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, shikastlangan quvurni ta’mirlash yoki zaruratga ko‘ra yangilash, yerto‘lada to‘plangan suvlarni chiqarib tashlash hamda hududda tegishli dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish so‘raldi.

Shuningdek, muammoni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar va bajarilgan ishlar haqida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatiga batafsil yozma axborot taqdim etish talabi qo‘yildi.

Deputatlik nazorati davom etadi! Aholini qiynayotgan kommunal muammolarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish va ularning ijrosini nazorat qilish orqali fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.